Rasman: "Bavariya" futbolchisi "Real"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Оқил Абдубарноев
7 may 2024
Myunxenning "Bavariya" klubi "Real Madrid"ga qarshi Yevropa Chempionlar ligasi yarim finali javob uchrashuvidan oldin yo'qotishga uchraganini ma'lum qildi.

Nemis jamoasi o'z bayonotida "Shtutgart"ga qarshi Bundesliga o'yinida Rafael Gerreroning jarohat olganini hamda evrokubokning muhim bellashuvida "Bavariya"ga yordam berolmasligini ta'kidladi.

Eslatib o'tamiz, "Real Madrid"ga qarshi yarim finalning ilk bahsida 2:2 hisobi qayd etildi.

Gerrero joriy mavsum "Bavariya" safida barcha turnirlarda 28 o'yinda qatnashib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: fcbayern.com