Rasman: "Barselona" yulduzlaridan biri jarohat tufayli uzoq muddatga safdan chiqdi

Administrator
24 sen 2025
Gavi tizzasidagi jarrohlikdan so'ng 4-5 oy maydondan tashqarida qoladi.

"Barselona" yarim himoyachisi tizzasidagi (menisk) shikastlanishni bartaraf etish uchun jarrohlik amaliyotdan o'tdi, deb xabar qilmoqda "Barselona" matbuot xizmati.

Tiklanish muddati taxminan 4-5 oyni tashkil etishi kutilmoqda.

Bundan oldin futbolchi aynan shu tizzasidagi xochsimon boylamning uzilishi sababli bir yilga yaqin vaqt davomida maydonga tusha olmagan edi.


AdministratorMuallif
Manba: fcbarcelona.com