Rasman: "Barselona" futbolchisi klub bilan shartnomani uzaytirdi

Alisher
27 sen 2019
"Barselona" futbolchisi Karles Peres klub bilan shartnomasini uzaytirdi.

Futbolchi klub bilan 2 yillik shartnomaga imzo chekdi.

Shunday qilib, Peres 2022 yil iyunga qadar "ko'k-anorranglilar" bilan birga bo'ladi.

21 yoshli futbolchi "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Peres joriy mavsum barcha turnirlarda 9ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assistga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/SquawkaNews