Rasman: "Ayaks" de Ligtning o'rnini to'ldirish maqsadida yangi futbolchi sotib oldi

Eldor Akmurzayev
20 iyul 2019, 01:00
Meksikaning Amerika klubi himoyachisi Edson Alvares rasman Ayaks a'zosiga aylandi.

Futbolchi bilan kelishuv 5 yilga mo'ljallangan bo'lib, uning transfer bahosi 15 mln evroni tashkil etdi. 20 yoshli o'yinchi Meksika termasi a'zosi hisoblanadi. U bir necha kun oldin bo'lib o'tgan KONKAKAF-2019 Oltin Kubogida jamoadoshlari bilan bosh sovrin egasiga aylandi. 

Ayaks rahbariyati mazkur futbolchini Matteys de Ligtning o'rnini to'ldirishiga ishonmoqda.

Alvares hali yosh bo'lishiga qaramasdan, terma libosida 28 o'yinda maydonga tushib, bir bora raqiblar darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'lgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ajax.nl