Rasman: "Atletiko Madrid" Diego Simeone bilan yangi shartnoma imzoladi

Omonjon To`xtamirzayev
10 noya 2023
Diego Simeone "Atletiko" bilan shartnomasini 2027 yilgacha uzatirdi.

Avvalroq, argentinalik mutaxassis oylik maoshini 20-30% kamayishiga rozi bo'lishi xabar qilingandi.

Eslatib o'tamiz, YCHL guruh bosqich 3-turida "Seltik"ni 6:0 hisobida taslim etgan "Atletiko Madrid" o'z guruhida yetakchilik qilmoqda. La Ligada esa "matraschilar" yo'qotilgan ochkolar bo'yicha uchinchi o'rinda ketmoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: As