Rasman. Arsenal futbolchisi uchun mavsum yakunlandi

Khoja
15 yanv 2025
Gabriel Jezus jarohat tufayli uzoq vaqt jamoasiga yordam bera olmaydigan bo'ldi. Bu haqda London klubi rasmiy sayti xabar berdi.

Arsenal hujumchisi Manchester Yunaytedga qarshi o'yinda (1:1, penaltilar seriyasida 4:5) Brunu Fernandesh bilan to'qnashib, jarohat olgandi. Tibbiy tekshiruvlardan so'ng futbolchi tizzasining xochsimon bog'lami uzilganligi aniqlandi.

Shu tariqa, hujumchi mavsumning qolgan qismi o'tkazib yuboradi. U joriy mavsum Arsenalda jami 26 o'yin o'tkazib, 7 gol va 2 ta assist qayd etgan edi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com