

"Arsenal" klubi darvozabon Mett Tyornerni "Nottingem Forest" klubiga sotib yubordi. Avvalroq, ushbu transfer qiymati 10 mln funt ekani ma'lum qilingandi.
Ma'lumot uchun, Tyorner "Arsenal"ga o'tgan mavsum kelib qo'shilgandi. Darvozabon APL doirasida "to'pchilar" safida biror marta maydonga tushmadi.



