

Olmaliqning AGMK klubi navbatdagi transferini e'lon qildi.
"Bunyodkor" futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan hamda ushbu jamoada 4 mavsumni o'tkazgan va 2022 yildan e'tiboran erkin agentga aylangan himoya va tayanch yarim himoyada o'ynaydigan - Abdulla Abdullaev AGMK futbol klubi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.

"Abdullaev 2018 yilgi mavsumdan e'tiboran "Bunyodkor"ning asosiy tarkib futbolchisi sifatida yorqin o'yinlarni o'tkazib keldi. Futbolchi faoliyati davomida klub tizimida jami 94 o'yin o'tkazgan va raqiblar darvozasiga 2ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
Abdullaev o'tgan yildan e'tiboran O'zbekiston terma jamoasining muqim futbolchisiga aylandi.
Endilikda AGMK ahil oilasining a'zosiga aylangan Abdulla Abdullaevga faoliyatidagi yangi chaqiruv omadli va muvaffaqiyatli bo'lishini tilab, Olmaliqqa xush kelibsan, Abdulla deya iqtidor sohibini jamoamizga iliq qabul qilamiz!", - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
Abdulla Abdullaev haqida qisqacha ma'lumot: futbolchi 1997 yil, 1 sentyabr kuni tavallud topgan.
Eslatib o'tamiz, bu haqda 2021 yilning 28 dekabr kuni "Championat.asia"ning "Eshitdik-da" rukni orqali xabar bergan edik.



