Rasman: 2018 yildan YCHL guruh bosqchiida top-4 chempionatlar 4tadan joyga ega bo'lishadi

Narzulla Saydullayev
26 avg 2016
UEFA Yevropa chempionlar ligasi formati o'zgarganini rasman e'lon qildi.

Yangi qoidalarga ko'ra UEFA koefficientlar jadvalida eng yuqori to'rt davlatning (ayni paytda bular Angliya, Italiya, Ispaniya va Germaniya) to'rttadan klubi guruh bosqichga yo'llanma oladi.

Ayni paytda Angliya, Ispaniya va Germaniyaning 3tadan, Italiyadan ikki klub guruh bosqichiga to'g'ridan to'g'ri yo'l oladi.

Ushbu o'zgarishlar 2018/19 yilgi mavsumdan kuchga kiradi.

Bundan tashqari endi Yevropa ligasi g'olibi keyingi mavsumdan boshlab YCHL guruh bosqichiga to'g'ridan to'g'ri yo'llanma oladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com