Rasman: 16 yoshli Fati Ispaniya (U-21) terma jamoasiga chaqirildi

Alisher
11 okt 2019, 18:42
"Barselona" futbolchisi Ansu Fati Ispaniya yoshlar terma jamoasida debyut qilishi mumkin.

Bu haqda Ispaniya futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Fati Gvineya-Bisauda tug'ilgan, ammo yaqinda ispan pasportini olgan edi.

Futbolchi Yevropa-2021 saralashi doirasidagi Chernogoriyaga qarshi bahsda debyut qilishi mumkin. O'yin 15 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.

Fati 2012 yilda beri "Barselona" tizimida. Yosh futbolchi joriy mavsum kataloniyaliklarning asosiy jamoasida debyut qildi.

Futbolchi hozircha "Barselona" safida barcha turnirlarda 6ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assistga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/SeFutbol