"Rasing" prezidenti o'zgardi

Tolibjon Qosimov
1 fev 2014
"Rasing" klubi prezidenti Anxel Lavin iste'foga chiqarildi.
U bilan birga direktorlar kengashi ham klubni tark etishdi. Bunday qaror Santander klubi akcionerlari yig'ilishida qabul qilindi.

"Rasing"ning yangi prezidenti sifatida Xuan Antonio Sanudo tanishtirildi.

Kuni kecha klub futbolchilari oylik maoshlarning vaqtida berilmagani tufayli "Real Sosedad"ga qarshi o'yinning 1-daqiqasida uchrashuvni tugatishgandi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net