Rashford yana mashg'ulotni o'tkazib yubordi

Aslanov Jasurbek
14 iyun 2018
"Manchester Yunayted" va Angliya terma jamoasi hujumchisi Markus Rashford Rossiyaga uchishdan oldin olgan jarohatini davolashda davom etmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, bugun futbolchi yana milliy jamoa mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi. Rashford kecha ham shug'ullanmagan edi. Qolgan inglizlar odatiy rejimda mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.

Angliya terma jamoasi JCH-2018 guruh bosqichida Tunis, Panama va Belgiya bilan o'ynaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports