Rash: "Uzoqdan Salaxni Messi bilan adashtirish mumkin"

Aslanov Jasurbek
7 yanv 2018
"Liverpul" sobiq hujumchisi Ian Rash mersisaydliklar yarim himoyachisi Muhammad Salaxni maqtadi.

"Faqat ikki futbolchi - Torres va Suares "Liverpul"dagi ilk uchrashuvidan yaxshi taassurot qoldira olgan. Endi bu ishni Salax amalga oshirmoqda. Kimdir unga 200 mln. funt taklif qilmasligi uchun ehtiyot bo'lishimiz zarur. U juda kuchli va futbol o'ynashni biladi.

Salax tezkor, ayniqsa himoyachilarni aldab o'tayotganda. Uzoqdan uni Messi bilan adashtirish mumkin" - deydi Rash.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: beIN Sports