Rangnik "Manchester Yunayted" bazasiga maxsus soatlar o'rnatishini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
28 noya 2021, 14:22
Yaqin vaqtlar ichida "Manchester Yunayted" boshqaruvini qo'liga oladigan mutaxassis Ralf Rangnik klub bazasiga maxsus "teskari sanoq" soatlarini o'rnatishini ma'lum qildi.

Shu orqali u futbolchilariga o'zining "sakkiz soniya qoidasi"ni o'rgatmoqchi.

"Bizda maxsus taymer o'rnatilgan. Yordamchi murabbiy uni ishga tushiradi va vaqtni sanashni boshlaydi. Buni biz "sakkiz soniya qoidasi" deb ataymiz.

Futbolchilar maxsus tovushni eshitganlaridan keyin sakkiz soniya ichida to'pni qaytarishi yoki vaqt undan  o'tib ketsa, gol urishlari shart.

Boshlanishida bu futbolchilarga unchalik maqul kelmasligi mumkin. Chunki bunga ko'nikish uchun bir qancha vaqt ketadi. Shu orqali ular bu uslubni o'z o'yiniga singdira olishadi", - dedi Rangnik.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: DW Kickoff