Raneri Tottiga "Lester" bilan bir yillik shartnoma imzolashni taklif qildi

Aslanov Jasurbek
20 apr 2016
"Lester Siti" bosh murabbiyi Klaudio Raneri "Roma" hujumchisi Franchesko Totti xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

39 yoshli futbolchining rimliklar bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi va u erkin agent sifatida boshqa klubga o'tishi mumkin. Tajribali hujumchi jamoa bosh murabbiyi Luchano Spaletti bilan aytishib qoldi va faoliyatini boshqa joyda davom ettirish taklifini o'ylab ko'rishi mumkin.

Raneri Tottiga "Lester Siti" bilan bir yillik shartnoma tuzishni taklif qildi.

Oldinroq Francheskoga AQSH "Nyu-York Kosmos" klubi qiziqish bildirayotgani haqida e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia