Ramosga "Los-Anjeles Gelaksi" qiziqmoqda, MLS klubi uning vakillari bilan aloqaga chiqqan

Оқил Абдубарноев
28 fev 2022
Serxio Ramos MLS klubiga o'tishi mumkin.

35 yoshli ispaniyalik futbolchiga "Los-Anjeles Gelaksi" qiziqish bildirmoqda.

Amerika klubi PSJ bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan Ramosning vakillari bilan allaqachon aloqaga chiqqan.

Serxio o'tgan yozda "Real"dan PSJga erkin agent sifatida o'tgandi. O'shandan beri u sog'lig'i bilan bog'liq muammolar tufayli bor-yo'g'i 5 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Get French Football News