Ramos yangi jamoasida qancha oylik olishi ma'lum

Khoja
3 fev 2025
Real Madrid afsonasi Serxio Ramos faoliyatini Meksikada davom ettirishi haqida xabar berilgandi.

Himoyachi Monterrey bilan ikki yillik shartnoma tuzadi va yiliga 4 million evro maosh oladi. Bu haqida Nikolo Skira ma'lum qildi.

Takidlash lozim, Ispaniyalik futbolchining so'nggi jamoasi "Sevilya" bo'lib, u mazkur klubni 2024 yilning yozida tark etgandi. Bungacha Ramos "Real" va PSJ jamoalarida harakat qilgan. Himoyachi "Real" bilan 22 ta sovrinni qo'lga kiritgan, shu jumladan 4 marta Chempionlar Ligasida zafar quchgan, PSJ bilan ikki marta Fransiya chempioni bo'lgan va mamlakat Superkubogini qo'lga kiritgan.

Ramos Ispaniya terma jamoasi tarkibida 2010 yilda jahon chempioni, shuningdek, 2008 va 2012 yillarda Yevropa chempioniga aylangan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com