Ramos va Kazemiro "Real" tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan tuzilgan ramziy jamoaga kiritildi

2 iyun 2020, 22:49
"Real Madrid"ning rus tilida so'zlashuvchi muxlislari uchun ishlab chiqilgan maxsus ilovada klubning barcha davrlardagi eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy jamoani shakllantirish borasida so'rovnoma o'tkazildi.

Jamoa tarkibiga hozir ham Madrid klubida to'p tepayotgan Serxio Ramos va Kazemiro, shuningdek, bosh murabbiy Zinedin Zidan ham kiritilgan.

Klub muxlislari fikriga binoan barcha davrlarning eng kuchli jamoasi:

Iker Kasilyas, Serxio Ramos, Fernando Yerro, Chendo, Roberto Karlos, Kazemiro, Zinedin Zidan, Amansio Amaro, Krishtianu Ronaldu, Alfredo Di Stefano, Raul.


Manba: sports.ru