

Bu Ramos uchun YCHLdagi 120-o'yin bo'ldi. Natijada ispaniyalik futbolchi musobaqada eng ko'p o'yin o'tkazgan himoyachilar reytingida Roberto Karlosga tenglashib oldi. Umumiy reytingda esa Ramos 11-o'rinda bormoqda.
Kuchli uchlik esa quyidagicha ko'rinish olgan:
1. Iker Kasilyas - 177 ta o'yin
2. Krishtianu Ronaldu - 163 ta o'yin
3. Xavi - 151 ta o'yin



