Ramos "Real"ga qarshi o'ynamaydi

Mirjalol Normatov
4 fev 2022
PSJ himoyachisi Serxio Ramos YCHL 1/8 finali doirasida "Real"ga qarshi dastlabki o'yinda qatnashmasligi mumkin.

"RMC Sport" xabariga ko'ra, futbolchining oyoq mushaklarida jarohat bor. U 15 fevral kungi o'yingacha tayyorlana olmaydi. Ramos "Real"ga qarshi javob o'yinida qatnashishi mumkin.

35 yoshli markaziy himoyachi ushbu mavsum parijliklar tarkibida 5 o'yinda qatnashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: RMC Sport