Ramos: "Modrich meni yaxshi biladi, u darvozabonga o'ngga harakatlanishni aytgan"
Aslanov Jasurbek
22 iyun 2016
Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Serxio Ramos Xorvatiyaga qarshi bahsda ura olmagan penaltisi haqida fikr bildirdi.
"Modrich darvozabonga joyidan qimirlamay, o'ng tomonga keladigan to'pni qaytarishni aytgan. U meni yaxshi biladi. Biz har kuni birga shug'ullanamiz. Darvozabon oxirigacha kutdi va so'nggi onda harakatini boshladi" - deydi Ramos.