Ramires 35 yoshida futbolchilik faoliyatini tugatganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
29 sen 2022
Braziliyalik yarim himoyachi Ramires faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

"Menga imkoniyat bergani va sportda mumkin bo'lgan eng yuqori pog'onaga olib chiqqani uchun Xudoga shukr qilaman. Endi boshqa yo'ldan yuraman, lekin bolaligimdan, shahrimni tark etib, dunyoni zabt etishga ketganimdan beri men bilan bo'lib kelayotgan quvonch, o'sha jasoratni saqlab qolaman. Hammasi uchun rahmat, futbol!", – dedi braziliyalik.

Ramires "Chelsi" tarkibida APL, Angliya Kubogi, Angliya Liga Kubogi, Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasida g'olib chiqqani bilan tanilgan. "Benfika", "Palmeyras" va boshqa jamoalarda ham o'ynagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail