Rami Fransiya terma jamoasiga qaytish uchun Benzema nima qilishi kerakligini aytdi

JCH-2018 chempioni Odil Rami “Real” hujumchisi Karim Benzemaning Fransiya terma jamoasiga qaytishi haqida gapirdi.

“Benzemaning ushbu terma jamoa safida emasligi achinarli. Bu eng ahmoqona hikoya. Agar omma oldida kechirim so'rash kerak bo'lsa, Karim bu ishni qil. Fransiya haqida o'yla”, - deya ta'kidlab o'tgan Rami.

Ma'lumot uchun, Karima Benzema 2015 yildan beri Fransiya terma jamoasiga chaqirilmayapti. Bunga Karimning Mate Valbueani intim videolari orqali shantaj qilishda ayblanishi sabab qilib ko'rsatilmoqda.


Manba: RMC