Rakitich: "Enrike o'z qarori haqida aytganida, og'zimiz ochilib qoldi"

Aslanov Jasurbek
17 mar 2017, 12:12
"Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich jamoa bosh murabbiyi Luis Enrikening qaroridan so'ng paydo bo'lgan hislar haqida gapirib berdi.

Murabbiy joriy mavsum oxirida klubni tark etishini e'lon qildi.

"Luis Enrike bizga o'z qarori haqida aytganida og'zimiz ochilib qoldi. Uning qarorini hurmat qilamiz, futbolchilar murabbiyni to'liq qo'llab-quvvatlaydi. Bu haqda birinchilardan bo'lib bilganimiz tufayli uni juda hurmat qilaman. Murabbiy va futbolchilar o'rtasidagi munosabatlarda hech narsa o'zgargani yo'q. "Barselona" ustozi bo'lish oson emasligini tushunaman" - deydi Rakitich.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cadena Ser