Rafael Benites: "Hozircha biz "Borussiya" emas "Atalanta" haqida o'ylayapmiz

Narzulla Saydullayev
14 sen 2013, 10:59
"Napoli" bosh murabbiyi Rafael Benites Italiya chempionati uchinchi turidan o'rin olgan "Atalanta"ga qarshi o'yinda o'zining kuchli futbolchilarini "Borussiya"ga qarshi baxs uchun olib qo'yish istagi yo'q ekanini aytib o'tdi.
"Biz uchun hozir "Atalanta"ga qarshi o'yin muhim. "Borussiya" haqida esa bu o'yin o'tgach o'ylay boshlaymiz. Umuman, shogirdlarim hammasini mashg'ulotlardagidek amalga oshira olishsa, u holda istalgan raqiblni engish qo'limizdan keladi", deya Benites so'zlaridan Tmw iqtibos keltirmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net