Raevac – “Bunyodkor”ning 33-legioneri

Narzulla Saydullayev
12 fev 2018
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi mavsumlar oralig'ida o'z tarkibiga serbiyalik hujumchi Filip Raevacni qo'shib oldi.

Shu tariqa, Raevac “qaldirg'ochlar”ning 33-legioneriga aylandi. Bungacha jamoa tarkibida dunyoning beshta qitasi va 17 xil mamlakatdan bo'lgan jami 32 nafar futbolchi to'p tepgandi.

“Bunyodkor” safida eng ko'p maydonga tushgan legioner futbolchi – yaponiyalik Minori Sato. U “qaldirg'ochlar” safida Osiyo Chempionlar ligasi, O'zbekiston chempionati va kubogi bahslarini qo'shib hisoblaganda jami 87 bor rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushgan.

Eng ko'p gol urgan futbolchi esa – braziyalik Rivaldo. U “Bunyodkor” safida 80ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblari darvozalarini 43 bor aniq ishg'ol qilgan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com