Raboning onasi MYUdan yiliga 10+ mln evro va CHLda o'ynashga kafolat talab qilmoqda

Alisher
10 avg 2022
"Manchester Yunayted" shartnoma bo'yicha Adrien Rabo bilan kelisha olmayapti.

MYU va "Yuventus" 27 yoshli yarim himoyachi borasida kelishuvga erishishdi, ammo shaxsiy shartnomani muhokama qilish jarayonida muammolar paydo bo'lmoqda.

Agentlik vazifasini bajaradigan futbolchining onasi Veronika MYUdan 10 mln evrodan ortiq yillik maosh bilan 3 yillik shartnoma talab qilmoqda. Bundan tashqari, u klubdan Chempionlar Ligasida o'ynash bo'yicha kafolat olmoqchi.

Bu talablar sabab bitimni rasmiylashtirish sekinlashmoqda.


AlisherMuallif
Manba: GIFN