"Rubin" bosh murabbiyi Qurbon Berdiev "Barselona" hujumchisi Leo Messini zamonaviy futbolning eng kuchli futbolchisi deya etirof etdi.
"Messidek futbolchi boshqa bo'lmaydi. U men uchun hamma o'yinchilardan kuchli. Leo kutilmagan futbol o'yini orqali hammani lol qoldiradi. Ronaldu - bu mehnat mahsuli. Modrichni ham shunday deyish mumkin" - deydi Berdiev.