Qozog'iston TJning 4 o'yinlik mag'lubiyatli seriyasi yakunlandi. Shuningdek, Daniyaga qarshi bahslardagi omadsizliklarga ham chek qo'yildi

Eldor Akmurzayev
27 mar 2023
Evro-2024 saralashi 2-turida Qozog'iston TJ irodali tarzda guruh favoriyi Daniyani 3:2 hisobida engishga erishdi.

Qozog'istonliklar 2022 yil 22 sentyabridan beri ilk bor g'alabaga erishdi. Bungacha terma Millatlar Ligasida Ozarbayjonga (0:3), o'rtoqlik o'yinlarida O'zbekiston (0:2) va BAAga (1:2), shuningdek, Evro-2024 dastlabki turida Sloveniyaga (1:2) mag'lub bo'lgandi.

Bundan tashqari, Qozog'iston Daniyani ilk bor mag'lub etishga erishdi. Bungacha jamoalar JCH saralashi doirasidagi bahslarda to'qnash kelgan va ularning barchasida daniyaliklar zafar quchishgandi:

26.03.2005

Daniya – Qozog'iston 3:0

12.10.2005

Qozog'iston – Daniya 1:2

11.11.2016

Daniya – Qozog'iston 4:1

10.06.2017

Qozog'iston – Daniya 1:3


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia