Qozog'iston Premer-ligasi. Abdixoliqov bir taym, Umarov 83 daqiqa o'ynagan bahsda "Ordabasi" g'alaba qozondi

Оқил Абдубарноев
20 avg 2023
Qozog'iston Premer-ligasining 20-turidan o'rin olgan "Ordabasi" - "Qayrat" uchrashuvi yakunlandi.

Mezbonlar tarkibida o'zbekistonlik futbolchilar Bobir Abdixoliqov va Shahboz Umarov asosiy tarkibda maydonga tushirildi. Abdixoliqov 46-daqiqada zaxiraga olingan bo'lsa, Umarov 65-daqiqada ogohlantirildi hamda 83-daqiqada almashtirildi.

"Ordabasi" - "Qayrat" 1:0 (0:0)

Gol: Matich 90+7 (1:0)

Amalga oshirilmagan penalti: Tagibergen 76. 

"Ordabasi" (boshlang'ich tarkib): SHAYZADA Bekxan, TAGIBERGEN Asxat, SUYUMBAEV Gafurjan, UMAROV Shahboz, ISLAMXAN Bauirjan, MAKARENKO Evgeniy, ASTANOV Sultanbek, ERLANOV Temirlan, MALIY Sergey, MATICH Bernardo, ABDIXOLIQOV Bobir.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia