Qozog'iston. "Ordabasi" safarda "Shaxtyor"ni yirik hisobda taslim qildi. Abdixoliqovdan golli uzatma, Umarovdan gol

Narzulla Saydullayev
9 mar 2023
Qozog'iston premer-ligasi 2-turi doirasidagi "Shaxtyor" - "Ordabasi" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Ordabasi" safida o'zbekistonlik hujumchi Bobir Abdixoliqov asosiy tarkibda maydonga tushdi, yarim himoyachi Shahboz Umarov esa zaxirada qoldirildi.  


Uchrashuvdagi hisob 3-daqiqada Suyumbaev tomonidan ochildi - 0:1. Bu vaziyatda Abdixoliqov-Islamxan-Suyumbaev kombinaciyasidan keyin gol bo'ldi.

59-daqiqada Bobir Abdixoliqovning to'p uzatishidan keyin Asxat Tagribergen gol urdi - 0:2.

67-daqiqada burchak to'pidan keyin Mbodji gol urdi - 0:3.

71-daqiqada "Shaxtyor" vakili Aydos Tattibaev hisobni qisqartirdi - 1:3.  

81-daqiqada o'zbekistonlik yarim himoyachi Shahboz Umarov o'zi ishlagan penaltidan gol urdi - 1:4.


Qozog'iston premer-ligasi, 2-tur

"Shaxtyor" - "Ordabasi" 1:4

Gollar:
Gafurjan Suyumbaev 3, - 0:1. (Bauirjan Islamxan). Asxat Tagribergen 59, - 0:2 (Bobir Abdixoliqov). Mamadu Mbodji 67, - 0:3. Aydos Tattibaev 71, - 1:3. Shahboz Umarov 81 penalti, - 1:4.

"Shaxtyor": Igor Shackiy – Bogdan Savkiv, Anton Tolordava, Stefan Bukorac, Egor Alishauskas – Yuriy Percux, Rodjer Kanyas, Ruslan Tutkishev – Georgiy Zaxarenko, Maksim Galkin, Roman Murtazaev;
Zaxira: Egor Cuprikov, Danila Karpikov – Viktor Dmitrenko, Francisko Kampo, Ualixan Muxametjanov, Konstantin Gorizanov – Almas Tyulyubay, Abilayxan Nazimxanov – Shingis Flyuk, Ivan Sviridov, Timur Chogadze, Aydos Tattibaev.
Bosh murabbiy: Igor Soloshenko.

"Ordabasi": Bekxan Shayzada – Gafurjan Suyumbaev (Aybar Jaksilikov, 84), Radosav Petrovich, Temirlan Erlanov, Mamadu Mbodji, Auro Junior – Asxat Tagibergen (Vladislav Vasilev, 84), Bernardo Matich – Bauirjan Islamxan (Elxan Astanov, 69), Maksim Fedin (Shahboz Umarov, 62), Bobir Abdixoliqov (Vsevolod Sadovskiy, 63).
Zaxira: Muxammedjan Seysen – Akmal Baxtiyarov – Erkebulan Tungishbaev, Murodjon Xalmatov, – .
Bosh murabbiy: Aleksandr Sednyov.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia