Qozog'iston Futbol Federatsiyasi rahbari iste'foga chiqdi

Narzulla Saydullayev
13 dek 2014
Odilbek Jaksibekov Qozog'iston futbol Federatsiyasi prezidenti lavozimini tark etdi.
Jaksibekov bu haqda shanba kuni Astanadagi matbuot anjumanida ma'lum qildi. U 2007 yil avgustidan buyon ushbu lavozimda ishlab kelayotgan edi. Bo'sh o'ringa Jaksibekov turizm va sport agentligi raisi Erlan Kojagapanovning nomzodini tavsiya qildi.

Qozog'iston terma jamoasini rossiyalik murabbiy Yuriy Krasnojan boshqarib bormoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: euro-football.ru