Qosim-Jo'mart To'qaev FIFA prezidenti bilan uchrashdi

Sherzod Nurmatov
23 sen 2025
Qozog'iston prezidenti Qosim-Jo'mart To'qaev FIFA prezidenti Janni Infantinoni qabul qildi.

Davlat rahbari Xalqaro futbol federatsiyasiga yoshlar futbolini qo'llab-quvvatlash va zamonaviy sport infratuzilmasini barpo etishga qaratilgan FIFA Arena dasturini amalga oshirishda ko'rsatayotgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi.

Prezidentning so'zlariga ko'ra, FIFA bilan hamkorlik qilish orqali Qozog'iston mintaqada futbolning jadal rivojlanishida namuna bo'lishi mumkin.

O'z navbatida, Janni Infantino Qozog'iston prezidentiga futbolga ko'rsatayotgan e'tibori uchun minnatdorlik bildirib, milliy futbol saviyasini oshirishga qaratilgan qo'shma loyihalarni qo'llab-quvvatlashga tayyorligini tasdiqladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Aladop.kz