

Superliganing 11-turi doirasidagi "Qo'qon-1912" - "Dinamo" uchrashuvini qabul qilish uchun Qo'qondagi "Markaziy" stadion shay holatga keltirilgan.

Mazkur stadionda yangi chim yotqizilishi munosabati bilan "Qo'qon-1912" jamoasi chempionat startidagi o'yinlarni asosan mehmonda va Farg'ona shahridagi "Istiqlol" stadionida o'tkazib kelgandi.
Nihoyat jamoaning Qo'qondagi "Markaziy" o'yingohiga yotqizilgan yangi chim tayyor holatga keltirildi va bugun "Qo'qon-1912" joriy mavsumdagi o'z uyidagi ilk bahsni mazkur stadionda o'tkazadi.

Ayni paytda "Qo'qon-1912" - "Dinamo" o'rtasidagi bahsni yoritish maqsadida Qo'qonda bo'lib turgan fotomuxbirimiz Jahongir Fayzullaev tomonidan olingan suratlarni e'tiboringizga havola etamiz.











