

Futbolchilar kecha “Markaziy” o'yingohga yig'ilishdi. Jarohat sabab davolanayotgan Alisher Ziyovuddinov hamda Navro'z Alimovlar ham jamoamiz ixtiyoriga yetib kelishdi. Lekin ular alohida shug'ullanishmokda. Shuningdek, Bahodir Akramov va Nodir Qo'ziboevlar ham alohida mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda. Qolganlar esa umumiy guruhda mashg'ulot o'tkazishdi. Ayni damda futbolchilarning kayfiyati yaxshi. Navbatdagi o'yinga puxta tayyorgarlik kurishmoqda.
Barcha e'tibor “Qizilqum” bilan bo'ladigan bahsda ijobiy natija qayd etishga qaratilgan.



