"Qo'qon-1912" "Xorazm" futbolchisini xarid qildi

Sherzod Nurmatov
4 iyul 2023
"Qo'qon-1912" jamoasi ikkinchi davrada tarkibni kuchaytirishda davom etmoqda.

"Jamoamiz yosh va iqtidorli hujumchi Shahzodbek Beshimovni "Xorazm" klubidan transfer qildi. "Qo'qon-1912" jamoasi Shahzodbek Beshimov bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi", – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Hujumchi Pro liga joriy mavsumida 7 ta o'yinda 1 ta gol urgan edi.

Transfermarkt portali 23 yoshli futbolchini 150 ming evroga baholagan.

Alohida aytish joiz, Beshimov bugun o'z tug'ilgan kunini nishonlamoqda. Transfer u uchun o'ziga xos sovg'a bo'ldi.  


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Қўқон-1912" матбуот хизмати