“Qo'qon 1912-W” bosh murabbiyi: "Hozircha kamchiliklarimiz ko'p"

Narzulla Saydullayev
8 sen 2018
Ayollar futboli. O'zbekiston chempionati 20-turidan o'rin olgan “Neftchi-W” - “Qo'qon 1912-W” (3:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar murabbiyi Mirsaid Mirolimov “championat.asia” saytiga intervyu berdi.

Bugun yaxshi uchrashuv o'tkazdik. Vaziyatlardan foydalana olmaganligimiz, jamoamiz a'zolari hali bir-birlarini to'liq tushunmasligi kabi omillar bugungi mag'lubiyatni olib keldi deb o'ylayman. Mezbonlar birinchi golni kiritishganida jamoamiz a'zolarida bir oz tushkunlik kayfiyati kuzatildi. Mezbonlarga esa gol qo'shimcha ishtiyoq berdi shekilli, ikkinchi va uchinchi gollarni urishdi.  

Jamoamiz joriy mavsumdan boshlab o'ynayapti, hali bir talay kachiliklarimiz, xatolarimiz bor, hali bu kamchiliklar ustida ishlaymiz.

Bu yil futbolchi qizlarimiz tajriba to'plashyapti, jamoamiz oldiga qo'yilgan vazifalardan biri ham shu, kelasi mavsumgacha raqobatbardosh, yuqori o'rinlar uchun kurashadigan jamoani shakllantirishdan iborat.            

Bekzod Tolibov yozib oldi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia