"Qo'qon-1912" "Paxtakor" futbolchisi uchun kurashga qo'shildi

Sherzod Nurmatov
3 iyul 2025, 12:56
Qo'qon klubi "Paxtakor" himoyachisi Muhammadqodir Hamralievni safiga qo'shib olish harakatida.

Championat.asia saytiga ma'lum bo'lishicha, qo'qonliklar "sherlar" himoyachisi Muhammadqodir Hamralievni tarkibda ko'rmoqchi. Biroq "Paxtakor" 23 yoshli futbolchisini qo'yib yubormoqchi emas.

Avvalroq "Paxtakor" himoyachisiga "Xorazm" qiziqayotgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.

Hamraliev joriy mavsum Toshkent jamoasi safida 8 ta o'yinda maydonga tushdi. Transfermarkt portali uni 500 ming evroga baholagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia