

Shundan so'ng "Lokomotiv" matbuot xizmati buni rad etdi. Yo'ldoshev chindan ham bugungi kunda "Qo'qon-1912" mashg'ulotlarida ishtirok etyaptimi? Bunga yana bir oydinlik kiritib o'tishga harakat qilib, "Qo'qon-1912" matbuot kotibi Anvar Oxunovga yana bir bor murojaat qildik. Keyinchalik klub matbuot kotibi buni rasmiy ravishda surishtirib, bizga ma'lum qilishicha biroz oldin saytimizga noto'g'ri ma'lumot berganini tan oldi va ushbu anglashilmovchilik uchun uzur so'radi.
"Qo'qon-1912"da esa haqiqatdan ham Bobur Yo'ldoshev degan futbolchi ko'rikda ekan. Lekin u boshqa futbolchi ekanligini sayt o'quvchilariga etkazib qo'yishimizni iltimos qildi.



