“Qo'qon-1912” – “Lokomotiv” o'yini chiptalari 17 may kuni sotuvga chiqadi

Narzulla Saydullayev
15 may 2017
Oliy liga 11-turida jamoamiz turnir peshqadami Toshkentning “Lokomotiv” klubini qabul qiladi.

Ikki turnir peshqadamlari bahsiga qiziqish yuqori darajada bo'lmoqda.

“Qo'qon-1912” – “Lokomotiv” o'yini uchun chiqarilgan chiptalar 17 may kuni soat 14:00 dan boshlab sotuvga chiqariladi. O'sha kuni “Markaziy”  stadion hududidagi kassalar soni ko'paytiriladi.

“Qo'qon-1912” – “Lokomotiv” o'yini 17 may kuni soat 17-30 da boshlanadi. Ertaga 16 may kuni ushbu jamoalarning o'rinbosarlari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi. Bu uchrashuv soat 16:30 da boshlanadi.

Barchangizni “Markaziy” stadionga taklif qilamiz!



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz