"Qo'qon-1912" futbolchilari jismoniy tayyorgarlik bo'yicha normativ topshirdi (foto)

Narzulla Saydullayev
21 dek 2017
Bundan keyin superliga klublarida ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holati O'zbekiston Futbol Federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan test-sinovlari orqali nazorat qilib boriladi.

Futbolchilar topshiradigan test-sinovlari O'zbekiston Futbol Federatsiyasining Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik guruhi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan.

Bugun ilmiy guruh vakillari  YU.Siyanov hamda A.Qoraboevlar Qo'qonda bo'lib, jamoa futbolchilarini nazoratdan o'tkazishdi.

Jamoa futbolchilari quyidagi test-sinovlarini topshirishdi:
1. 30 metrga yugurish
2. Turgan joyidan uzunlikka sakrash
3. 7x50 metrga yugurish
4. “Yo-Yo” test

Ushbu testlarda jamoaning 21 nafar futbolchisi ishtirok etdi.

Muxlislarga shuni qo'shimcha qilmoqchimizki, o'tgan mavsumni jamoada boshlab so'ngra ma'lum muddat Koreya chempionatida to'p surgan iqtidorli futbolchi Bahodir Pardaev ham jamoa mashg'ulotlariga qo'shilgan. Bugun Pardaev ham test sinovlarini topshirdi.

Mutaxasislar yaqin vaqtlar ichida test natijalarini jamoa murabbiylar shtabiga taqdim qilishadi.

Quyida bugungi test-sinovlaridan olingan suratlar bilan tanishing.








Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz