"Qo'qon-1912": Filip Rayevac bilan shartnoma imzolandi

Narzulla Saydullayev
19 fev 2017, 14:20
Yangi futbol mavsumiga jiddiy hozirlik ko'rayotgan jamoamiz o'z tarkibini Serbiyalik hujumchi bilan to'ldirdi.

Jamoa ko'rigida bo'lib turgan Filip Rayevac tibbiy ko'rikdan muvafaqiyatli o'tdi. Rayevac bugun jamoamiz bilan shartnomaga imzo chekdi. Filip Rayevac Farg'onada bo'lib o'tgan “Hokim kubogi-2017” musobaqasida to'rtta o'yinda maydonga tushib beshta gol urganidan so'ng ,murabbiylar va  muxlislarimizning olqishlariga sazovor bo'lgan edi.

Bugun bo'lib o'tishi reja qilingan “Sho'rtan” jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida cerbiyalik hujumchining maydonga tushishi kutilmoqda. Biz Filip Rayevacning jamoamizdagi faoliyatida omadlar tilaymiz!



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz