

16:00'da start oladigan uchrashuvni Vadim Agishev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqaradi.

Ma'lumot uchun, Agishev uchun bu o'yin Superliganing joriy mavsumida 15-si bo'ladi. U 2021 yilda "Paxtakor" ishtirokidagi 3 o'yinni (Superkubokni qo'shib hisoblaganda) boshqargan va ularning barchasida "sherlar"ning qo'li baland kelgan.
06.03.2021 "Paxtakor" 1:0 "Nasaf" (O'zbekiston superkubogi)
18.03.2021 AGMK 0:3 "Paxtakor" (Superliga, 3-tur)
04.07.2021 "Paxtakor" 2:1 "Lokomotiv" (Superliga, 12-tur)

FAKT: Vadim Agishev joriy mavsum hech kimga qizil kartochka ko'rsatmagan.
Toshkentlik referi yil boshidan beri "Qo'qon-1912" ishtirokidagi faqat bitta o'yinda ishlagan. Unda Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari "Mashal"ni enggan (Muborak, 5-tur).

Eslatib o'tamiz, 43 yoshli referi mazkur jamoalar orasidagi o'tgan mavsumning 23-turi doirasida o'tgan bahsda ham ishlagan edi. O'shanda "Paxtakor" 2:1 hisobida g'alaba qozongan, Agishev Toshkent klubi darvozasiga penalti belgilagan.

Umuman olganda, Agishev "Paxtakor" uchun juda ham omadli hakam hisoblanadi. Toshkent klubi u boshqargan so'nggi 9 o'yinning barchasida g'alaba qozongan.

"Sherlar"ning Agishev boshqargan bahslardagi oxirgi mag'lubiyati 2016 yilning 20 iyuniga to'g'ri keladi. O'shanda G'uzorda mehmon bo'lgan "Paxtakor" 3:1 hisobida engilgan edi ("Sho'rtan" safida xet-trikka erishgan Zafar Polvonovning gollari Sherzodbek Karimov 1 bor javob qaytargan). Nimad deb o'ylaysiz, "shunqorlar" bugun poytaxt klubining 5 yillik omadli seriyasiga nuqta qo'ya olishadimi?



