Qiziqchi Angliya terma jamoasi samolyotiga o'tirmoqchi bo'ldi (FOTO)

Narzulla Saydullayev
3 iyun 2014
Bedfordshir aeroportida Angliya terma jamoasini JCHga jo'natish paytida Saymon Brodkin (BBC komediya seriallarida Li Nelson nomi bilan mashhur) samolyot kutib turgan o'yinchilar oldiga kelib oldi va terma jamoa xodimlari bilan muloqotga kirishib ketdi.
Terma jamoa o'yinchilari kiygan kostyumda kiyinib olgan Saymon jamoa sardori Stiven Jerrard payqab qolgunga qadar pasportini qo'lda tutib, bir oz vaqt o'yinchilar yonida qoldi. Shundan so'ng xavfsizlik xizmati xodimlari va mahalliy policiya uni kutish  maydonchasidan chiqarib yubordi.

Agar Jerrard hushyorlik qilmaganida Saymon terma jamoa bilan Braziliyaga uchgan bo'lardi. Ko'pchilik fikricha, jamoa kapitani bekor hazilkash artist Saymonni tutib bergan, u o'yinchilarni parvoz davrida zeriktirmay borishi aniq edi. 

Bu haqda 1dam.com sayti xabar tarqatdi.











Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: 1dam.com