"Qizilqum" yangi ikki legioneri haqida ma'lumot berdi

Alisher
3 mar 2022
Navoiyning "Qizilqum" klubi estoniyalik va nigeriyalik yangi o'yinchilari haqida ma'lumot berdi.

Estoniya terma jamoasi sobiq futbolchisi, faoliyati davomida Belgiya, Finlandiya, Estoniya va Qozog'iston jamoalarida o'ynagan tajribali yarimhimoyachi Artyom Dmitriev yangi masumni "Qizilqum" jamoasida boshlaydi.


Artyom Dmitriev xaqida qisqacha ma'lumot:

Ismi sharifi: Artyom Dmitriev

Tug'ilgan joyi: Tallin - Estoniya

Tug'ilgan sana: 14.11.1988 y.

Amplua: yarimhimoyachi

Artyom Dmitriev to'p surgan jamoalar: "Vetra" (Litva), "Trans" (Estoniya), "Kruoya" (Litva), "Antverpen" (Belgiya), "Tyurnxaut" (Belgiya), "Oqjetpes" (Qozog'iston), "Jetysu" (Qozog'iston).


Faoliyati davomida Avstriyaning "Kapfenberg" jamoasi va Nigeriyaning "Akwa United" jamoalarida harakat qilgan yosh, iqtidorlik futbolchi Paul Komolafe yangi mavsumni “Qizilqum” jamoasida boshlaydi.


Paul Komolafe xaqida qisqacha ma'lumot:

Ismi sharifi: Paul Seun Komolafe

Tug'ilgan joyi: Lagos  -  Nigeriya

Tug'ilgan sana: 12.06.2000 y.

Amplua: hujumchi


AlisherMuallif
Manba: "Қизилқум" матбуот хизмати