"Qizilqum" yetakchisi "Neftchi"ga o'tmoqda

Sherzod Nurmatov
22 noya 2025
Bugun Superliga 29-turidan o'rin olgan "Neftchi" – "Qizilqum" uchrashuvi bo'lib o'tishidan xabaringiz bor.

Agar ushbu bahsda "Neftchi" g'alaba qozonsa, uzoq yillik niyatiga erishadi. 

E'tiborlisi, "Qizilqum" vingeri Islom Kenjaboev keyingi faoliyatini "Neftchi"da davom ettirishi kutilayotgan ekan. Bu haqda Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydullaev ma'lum qildi.

Islom Kenjaboev 2026 yilni "Neftchi" safida boshlashi kutilmoqda, deyiladi xabarda.

26 yoshli futbolchi joriy mavsum navoiyliklar tarkibida 13 o'yinda qatnashib, 4 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.

Eslatib o'tamiz, "Neftchi" – "Qizilqum" bahsi Farg'onadagi "Istiqlol" stadionida o'tkazilidi. Uchrashuv 16:15 da boshlanadi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia