Qiyin, biroq muhim g'alabadan so'ng Arteta o'z fikrlarini bildirdi

Khoja
2 mar 2026
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Chelsi"ga qarshi 28-tur o'yinidagi g'alaba (2:1) haqida gapirdi.

"Bu uchrashuv qiyin bo'lishini bilardik. “Chelsi” - elit jamoa, murabbiyi ishini juda yaxshi biladi. O'yin davomida bir qancha chiroyli epizodlarni ko'rsatdik deb o'ylayman. Gol o'tkazib yuborgan lahza xafa qildi, lekin hali butun bir taym bor edi, vaziyatni tuzatish imkoni bor edi. Raqib o'yinchisi maydondan chetlatilgach, to'p bilan yanada ehtiyotkor bo'lish kerak edi. Standart holatlarda birga-bir kurashlarning muhimligini yaxshi bilardik, chunki top-jamoaga qarshi o'ynayapmiz", - dedi Arteta BBC'ga bergan intervyusida.

"Arsenal" 64 ochko bilan Angliya chempionati jadvalida yetakchilik qilmoqda. Keyingi turda "kanonirlar" 4 mart kuni safarda "Brayton" bilan uchrashadi.


KhojaMuallif
Manba: BBC