“Qirollik klubi” 17 yoshli futbolchi uchun 60 mln. sarflamoqchimi?
Aslanov Jasurbek
22 mar 2019
TheSun’ning ma'lum qilishicha, Madridning “Real” jamoasi “Flanmengo”ning 17 yoshli umidli futbolchisi Rene Jezus bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
Manbaga ko'ra, ispan grandi futbolchini qo'lga kiritish uchun 60 mln. evrodan voz kechmoqchi. Shuningdek, Jezusga Angliyaning “Liverpul” klubi ham qiziqish bildirgan.