Qirg'izistonnig "Neftchi" klubi safida bir qator hamyurtlarimiz bor

Narzulla Saydullayev
10 mar 2018, 10:20
Muxlislarga yaxshi ma'lumki, har yili bir qator o'zbekistonlik futbolchilar faoliyatini qo'shni Qirg'iziston chempionatida davom ettiradi.

Joriy mavsum ham bir nechta legionerlarimiz Qirg'iziston Top-ligasi ishtirokchisi bo'lmish Qo'chqor-Otaning Neftchi jamoasi safida ko'rinish bermoqda. Bular - andijonlik darvozabon Davron Jo'raqulov, yarim himoyachi Alisher To'xtasinov, namanganlik himoyachi, Mahsud Hayitov hamda marg'ilonlik hujumchi Otabek Haydarovdir.

Jo'raqulov, Hayitov va To'xtasinov bungacha ham Qirg'iziston chempionatida o'ynab kelayotgandi. Yaqinda ularning safiga 26 yoshli hujumchi Otabek Haydarov ham qo'shildi. 

Farg'onaning Neftchi jamoasi bilan xayrlashgan futbolchi endilikda Qo'chqor-Otaning Neftchi klubida o'ynaydigan bo'ldi.

Ma'lumot uchun, ushbu jamoa Top-liga 2018 ga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Yuqoridan o'ngdan birinchi: Haydarov. #5 Hayitov. Darvozabon - Jo'raqulov. #7 To'xtasinov.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia