Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi asosiy hujumchisi bir oyga safdan chiqdi

Omonjon To`xtamirzayev
11 fev 2025, 12:35
Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi va Eronning "Istiqlol" klubi hujumchisi Joel Kojo jarohat sabab kamida 4 haftaga safdan chiqdi.

Bu haqida AZIYA-SPORT telegram kanali xabar bermoqda. 

Kojo Eron chempionati doirasidagi "Mes Rafsanjan"ga qarshi bahsda jarohat olgan (0:0).

"O'yindan keyin forvard maxsus tibbiy ko'rikdan o'tgan. Uning natijalari esa Joel Kojo tizzaosti mushaklaridagi muammo tufayli kamida 4 hafta maydonga tusha olmasligini ko'rsatdi. Aynan to'rt haftadan keyin biz uning jismoniy holatini qayta tekshiruvdan o'tkazamiz. U to'liq tayyor bo'lganidan keyingina jamoaviy mashg'ulotlarga qaytadi, - dedi Eron klubi shifokori.

Natijada, Joel Kojo Elit Osiyo Chempionlar Ligasida Qatarning "Al Rayyan" klubiga qarshi muhim o'yinda ham jamoasiga yordam bera olmaydi.

Eslatib o'tamiz, JCH saralashi doirasidagi O'zbekiston - Qirg'iz Respublikasi bahsi 20 mart sanasiga belgilangan.



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Championat.asia